Londonning «Arsenal» klubida may oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ushbu nomga darvozabon David Rayya loyiq ko‘rildi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot «kanonirlar»ning rasmiy saytida e’lon qilindi.
O‘tgan oyda ispaniyalik posbon barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta to‘p olib chiqdi (Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan).
Yakunlangan mavsumda Rayya umumiy hisobda 51 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shulardan 28 tasida darvozabon o‘z vorotasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ispaniyalik posbonning ishonchli o‘yini «Arsenal»ga 2004 yildan buyon ilk bor Angliya chempioni bo‘lishga yordam berdi.
Hozirgi vaqtda Rayya Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Musobaqaning guruh bosqichida uning jamoasi Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













