«Yuventus» klubi yarim himoyachi Mattia Liberaliga qiziqish bildirmoqda. «Sempre Milan» portalining qayd etishicha, avvalroq futbolchining rivojlanishini «Parma» va «Sassuolo» klublari ham kuzatib borayotgan edi.
19 yoshli Liberali mavsumning ikkinchi yarmini «Katandzaro» tarkibida juda yorqin o‘tkazdi. Jamoa A Seriyaga chiqish uchun kechgan pley-off bahslarida imkoniyatni boy berib, kuchlilar divizioniga yo‘llanma olishga bir qadam qolganda to‘xtadi. Xavbek mavsum davomida o‘tkazilgan 30 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bundan avval yarim himoyachi «Milan» tizimida to‘p surgan va Italiya terma jamoasi safida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lgan edi. Liberali A Seriyadagi debyutini 2024 yil 15 dekabrda «Jenoa»ga qarshi o‘yinda nishonlagan. O‘tgan yozda tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olishmaganidan so‘ng, u «Milan»ni tark etdi va «Katandzaro» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan bitim imzoladi.
Shartnomaga ko‘ra, «Milan» futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan summaning 50 foizini qo‘lga kiritadi, shuningdek, Liberalini transfer bahosining taxminan yarmiga qayta sotib olish huquqiga ega. yaqin haftalarda Liberali 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etadi va u yerda grand klublar e’tiborini tortib, elita futboliga qaytish imkoniyatlarini mustahkamlashga harakat qiladi.













