Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham Mbappening sport formasi haqida gapirdi

Desham Mbappening sport formasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe Fransiya milliy terma jamoasi safida ketma-ket uchinchi o‘yinda maydonni golsiz tark etdi. Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi «uchranglilar»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va bu bahsda Maykl Olise xet-trik qayd etdi.

Jamoa bosh murabbiyi Didye Desham o‘z yetakchisining sport formasi haqidagi savollarga xotirjam javob berdi va xavotirga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidladi.

«Men xavotir olmoqchi emasman. To‘g‘ri, unda bir nechta vaziyatlar bo‘ldi, biroq ularga aniqlik yetishmadi. Kilianning o‘zi menga gollarini AQSHdagi turnir (Jahon chempionati) uchun asrab qo‘yayotganini aytdi, shunday ekan, bu meni to‘liq qoniqtiradi», — deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda TF1 telekanali.

Mbappe Fransiya terma jamoasi safida o‘tkazgan 98 ta uchrashuvida 56 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bo‘lajak mundialda uning jamoasi Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 18:18, 09.06.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик