Italiyalik murabbiy Inyasio Abate «Torino»ni boshqarishga yaqin.
39 yoshli mutaxassis Roberto D’Aversa o‘rniga «buqalar»ning yangi ustoziga aylanishga rozilik berdi.
Kutilishicha, Abate Turin klubi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq «Torino» Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Jennaro Gattuzo bilan muzokaralar olib borgani xabar qilingandi.
Ta’kidlash joizki, Abate futbolchi sifatida 2008/09 yilgi mavsumda «Torino» sharafini himoya qilgan.
Ayni damda Abate «Yuve Stabiya»ni boshqarmoqda. Ushbu jamoa B Seriyada yettinchi o‘rinni egallagan, biroq A Seriyaga chiqish uchun pley-offning yarim finalida «Monsa»ga imkoniyatni boy bergan.













