Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Atletiko» prezidenti «Real»ning Alvares bo‘yicha bergan taklifiga munosabat bildirdi

«Atletiko» prezidenti «Real»ning Alvares bo‘yicha bergan taklifiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» rahbari Enrike Sereso Madridning «Real» klubi tomonidan hujumchi Xulian Alvares uchun qilingan rasmiy taklif haqida gapirdi. «Qaymoqranglilar» matbuot xizmati xabar berishicha, «matraschilar» argentinalik futbolchi uchun berilgan 150 million yevrolik taklifni rad etishgan.

«Real»ning taklifi? Alvares sotilmaydi. Biz uni sotishni istamaymiz», — deya Seresoning El Chiringuito TV bilan suhbatdagi so‘zlarini keltirmoqda manba.

Avvalroq «Atletiko» Xulian Alvaresni «Barselona»ga ham qo‘yib yubormagan edi. Yakunlangan mavsumda 26 yoshli futbolchi Diyego Simeone jamoasi safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:17, 10.06.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик