Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

“Paxtakor”ning Elit OCHL saralashidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Elit OCHL saralashidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Paxtakor” klubi 2026/2027-yilgi mavsum uchun Osiyo Chempionlar Ligasi Elit (OCHL Elit) saralash bosqichida Iordaniyaning “Al-Husayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv joriy yilning 11 avgust kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi.

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) joriy mavsumdan e’tiboran qit’aning eng nufuzli klublar musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 24 tadan 32 taga oshirdi. Qoidalardagi ushbu o‘zgarishlar hamda yangi kvotalar natijasida, O‘zbekiston Superligasida kumush medallarga ega chiqqan “Paxtakor” klubi OCHL Elit musobaqasining pley-off bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Mamlakat chempioni bo‘lgan “Neftchi” esa turnirdagi o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi.

Elit g‘olibi qit’a chempionligi bilan birga 2027-yilgi Qit’alararo kubok va 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Turnirning final bosqichlari 2029-yilga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish bo‘yicha qit’ada yetakchilardan biri sanaladi. Shu kungacha toshkentliklar nufuzli turnirda 21 marta qatnashib, bu borada Qatarning “As-Sadd” klubi bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Eng yaxshi natija esa Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga tegishli — 22 marta. Agar “sherlar” ushbu saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, bu ularning OCHL tarixidagi 22-ishtirokiga aylanadi va o‘z rekordini yangilab oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:57, 10.06.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик