Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Tottenxem» 33 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

«Tottenxem» 33 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» safida markaziy himoyachi pozisiyasida to‘p tepuvchi Ben Devis londonliklar bilan yangi shartnoma imzoladi. Uels terma jamoasi a’zosi «shporlar» sharafini 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar himoya qiladigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Ben — kiyinish xonasida o‘z ta’siriga ega bo‘lgan futbolchi. U bir necha bor klub sardori sifatida maydonga tushgan va o‘zining har bir harakati bilan «Tottenxem» qadriyatlarini aks ettirishda davom etmoqda. Tabriklaymiz, Ben!» — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Devis «Tottenxem» safida 12 yildan buyon o‘ynab kelmoqda — himoyachi 2014 yilda «Suonsi» klubidan London jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. 33 yoshli futbolchi «shporlar» libosida jami 363 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 26 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 15:07, 10.06.2026.
O'qildi: 165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик