Angliyaning «Fulxem» klubi jamoani tark etgan Marku Silva o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasida sobiq «Real» ustozi Alvaro Arbeloa bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.
48 yoshli Marku Silva besh yil davomida «Fulxem»da faoliyat yuritgach, mavsum yakunida klubni tark etdi. Keyinchalik u Portugaliyaning «Benfika» jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
9 iyun, seshanba kuni «Real» 43 yoshli Alvaro Arbeloaning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis 2026 yil yanvaridan buyon madridliklar jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
«Fulxem» 2025/2026 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumini 11-o‘rinda yakunladi. Londonliklar 38 ta uchrashuvda 52 ochko to‘pladi.













