Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

APLning ikki grandi Kefren Tyuram transferi uchun kurashga qo‘shildi

APLning ikki grandi Kefren Tyuram transferi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Kefren Tyuram shu yozgi transfer oynasida jamosini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Mirko Di Natale xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik iqtidorli futbolchiga avvalroq xabar berilganidek, faqatgina Turkiyaning «Galatasaroy» klubi qiziqish bildirayotgani yo‘q. Endilikda Angliya Premyer-ligasi grandlari — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari ham futbolchi uchun kurashga kirishgan.

Ma’lumot uchun, Kefren Tyuram 2024 yilda Fransiyaning «Nissa» klubidan 20 million yevro evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

25 yoshli markaziy yarim himoyachi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «byankoneri» tarkibida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Nufuzli Transfermarkt portali ayni damda Tyuramning transfer qiymatini 38 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:15, 11.06.2026.
O'qildi: 380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик