«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri milliy jamoadagi sherigi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Bir necha kun avval Lamin menga jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi uchun kechki ovqatga kelmasligini aytdi. U juda diqqatini jamlagan. Men Yamalni ushbu turnirda ishtirok etish uchun ideal holatda deb hisoblayman», — dedi Rodri. Uning so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘idagi Barca Universal sahifasi keltirmoqda.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va ular to‘rttadan jamoa joylashgan 12 ta guruhga bo‘lingan.













