Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Alberto Akvilani «Sassuolo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Alberto Akvilani «Sassuolo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Sassuolo» klubi bosh murabbiy Fabio Grosso iste’foga chiqqanidan so‘ng jamoa boshqaruvi Alberto Akvilaniga topshirilganini rasman e’lon qildi.

«Sassuolo» futbol klubi asosiy jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida Alberto Akvilani tayinlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi», — deyiladi klub rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

1984 yilda Rimda tug‘ilgan Akvilani futbolchilik faoliyati davomida «Roma», «Liverpul», «Yuventus» va «Milan» kabi Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surgan. U 2017 yilning yanvar oyida futbolchi sifatida «Sassuolo» safiga kelib qo‘shilgan va «qora-yashillar» libosida 16 ta o‘yinda (1237 daqiqa) maydonga tushib, jamoa a’zolari hamda muxlislarda iliq taassurot qoldirgan edi.

Akvilani murabbiylik faoliyatini 2019 yilning iyul oyida «Fiorentina»ning 18 yoshgacha bo‘lgan (U18) jamoasida boshlagan, biroq qisqa vaqt ichida asosiy jamoada Juzeppe Yakinining yordamchisiga aylangan.

2020 yilning iyulidan boshlab u «Fiorentina» yoshlar jamoasini boshqardi va ketma-ket uch mavsum (2019/20, 2020/21, 2021/22) Italiya yoshlar Kubogida zafar quchdi, shuningdek, Superkubokni ham qo‘lga kiritdi. 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Akvilani chempionatning muntazam mavsumida 3-o‘rinni, final bosqichida esa 2-o‘rinni egallab, «Eng yaxshi yoshlar murabbiyi» sovriniga loyiq ko‘rildi.

2023 yilning iyunida mutaxassis «Piza» klubi boshqaruviga o‘tdi va debyut mavsumida B Seriya turnir jadvalida 46 ochko bilan 13-o‘rinni egalladi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng u «Katandzaro» klubini boshqarib, 59 ochko bilan 5-o‘rinni band etdi. Uning qo‘l ostida jamoa pley-off bosqichida «Avellino» va «Palermo» klublarini mag‘lub etdi. A Seriya yo‘llanmasi uchun «Monsa»ga qarshi kechgan hal qiluvchi bahs durang bilan yakunlandi, biroq Lombardiya klubi turnir jadvalida yuqoriroq o‘rinni egallagani evaziga elitaga yo‘l oldi.

Kiritildi: 18:29, 12.06.2026.
O'qildi: 225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик