Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Pochettino: «AQSHning birinchi bo‘limdagi o‘yini aqlbovar qilmas darajada edi»

Pochettino: «AQSHning birinchi bo‘limdagi o‘yini aqlbovar qilmas darajada edi»

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino JCH-2026 1-turi doirasida Paragvay ustidan qozonilgan g‘alabaga (4:1) o‘z munosabatini bildirdi.

«Men juda faxrlanaman. O‘yinchilar va murabbiylar shtabi ushbu o‘yin uchun katta maqtovga loyiq. Eng muhimi — bu o‘yin va hissiyotlar. Bilamizki, bu faqat boshlanishi, xolos. Bu bor-yo‘g‘i bir o‘yin. Endi biz oqilona ish tutishimiz va shu yo‘nalishda davom etishimiz kerak.

Biz juda xursandmiz, chunki jahon chempionatiga mezbonlik qilayotganimiz sabab birinchi o‘yin har doim juda qiyin bo‘ladi, lekin biz kutishlar va bosimga dosh bera oldik. Dastlabki 45 daqiqa aqlbovar qilmas darajada edi, bunday o‘ynay oladigan jamoani topish qiyin. Men juda baxtiyorman va juda faxrlanaman», — dedi Pochettino.

Kiritildi: 09:19, 13.06.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик