Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Neymarning jamoaga qaytishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Santos»ning 34 yoshli futbolchisi qariyb uch yildan beri terma jamoada o‘ynamagan bo‘lsa-da, JCH-2026 uchun «pentakampeonlar» qaydnomasiga kiritildi.
«Neymar — mening kumirim. Maydonda o‘rganayotgan va qo‘llaydigan barcha harakatlarimni Neymarni takrorlashga urinish orqali o‘zlashtirganman. Uning qaytishi biz uchun juda muhim», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da braziliyaliklarning JCH-2026dagi birinchi o‘yini boshlanadi — raqib Marokash terma jamoasi bo‘ladi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berganidek, Neymar jarohati sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.













