Kanzas-Siti (Missuri shtati) polisiyasi Angliya terma jamoasiga tegishli uskunalar o‘g‘irlanishi holati bo‘yicha tergov boshlanganini tasdiqladi, deb xabar beradi Sky News.
Huquqni muhofaza qilish organlari quyidagilarni ma’lum qildi:
«Biz jamoaning Kanzas-Sitiga yetib kelgan transport vositasidan uskunalar o‘g‘irlanishi ehtimoli bo‘yicha tergov olib bormoqdamiz. Hodisa kechqurun qayd etildi. Tergov doirasida ikki shaxs hibsga olindi va keyingi tekshiruvga qadar qamoqda saqlanmoqda», — dedi polisiya vakillari Sky News muxbiri Rob Xarrisga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘qolgan buyumlar orasida jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan Xarri Keyn va Jud Bellingem butsalari ham borligi aytilgan edi. Shuningdek, Angliya terma jamoasi deyarli barcha mashg‘ulot to‘plaridan ham mahrum bo‘lgan — jamoada faqat bitta to‘p qolgan.
Angliya terma jamoasi jahon chempionatida ilk o‘yinini Angliya milliy futbol jamoasi hamda Xorvatiya milliy futbol jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv bilan 17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi o‘tkazadi.













