Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Yuventus» Yildiz borasida «Arsenal»ga javob qaytardi

«Yuventus» Yildiz borasida «Arsenal»ga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi Londonning «Arsenal» klubi tomonidan turkiyalik yarim himoyachi Kenan Yildizga bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi.

The Athletic jurnalistlarining xabar berishicha, «keksa sinyora» rahbariyati «kanonirlar»ga 21 yoshli vinger sotilmasligini uqtirgan. Shu sababli, Angliyaning top-klubi e’tiborini boshqa variantlarga qaratishga qaror qildi.

Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida Kenan 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol va oltita golli uzatmani yozib qo‘ygan edi.

Yildiz va «Yuventus» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:21, 13.06.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик