Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mateta «Milan»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida: «Bu endi o‘tmishda qoldi»

Mateta «Milan»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida: «Bu endi o‘tmishda qoldi»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta «Milan»ga amalga oshmay qolgan transferi mavzusiga boshqa qaytmasligini ma’lum qildi.

Forvard o‘tgan qishda «Milan»ga o‘tishga juda yaqin edi, biroq tizzasidagi jarohat sabab kelishuv barbod bo‘lgandi. Natijada Mateta bir oyga yaqin maydondan tashqarida qoldi, so‘ngra safga qaytdi va mavsumni Konferensiyalar ligasi finalidagi g‘alaba goli bilan yakunladi.

«Milan» futbolchi nomzodiga yana qaytishi mumkinligi haqidagi yangi xabarlarga qaramay, Mateta e’tiborini o‘tmishga qaratmayotganini sha’ma qildi.

«Bu men uchun g‘alati va albatta, oson bo‘lmagan davr edi. «Milan»ga o‘tish imkoniyati bor edi, lekin bu endi o‘tmishda qoldi. Agar Italiyaga ketganimda nima bo‘lishini bilmayman», — deya Matetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport Witness.

«Jarohatdan so‘ng faqat maydonga qaytadigan kunim va Jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kirish haqida o‘yladim. Ko‘p mehnat qildim va yakunda bunga erishdim, sog‘-salomatman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Hujumchi London klubi safida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol urdi va asta-sekin jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

Kiritildi: 18:15, 13.06.2026.
O'qildi: 216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик