Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlashga hozirlik ko‘rmoqda. Mundialda «selesao»ning ilk raqibi Marokash terma jamoasi bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, Braziliya terma jamoasi oxirgi 88 yil davomida Jahon chempionatlaridagi dastlabki o‘yinlarida umuman mag‘lub bo‘lmagan. 20 ta o‘yindan iborat ushbu seriya mag‘lubiyatsiz seriya 1938 yilgi mundialda, braziliyaliklar Polshani mag‘lub etgan (qo‘shimcha vaqtlarda 6:5) bahsdan boshlangan.
Braziliya oxirgi marta Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida bundan 92 yil avval — 1934 yilda imkoniyatni boy bergan edi. O‘shanda braziliyaliklar Ispaniyaga 1:3 hisobida yutqazib, turnirni tark etishgan.
Braziliya – Marokash uchrashuvi 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.













