Shotlandiya terma jamoasi JCH-2026 final bosqichi guruh bosqichining 1-turida Gaiti terma jamoasini mag‘lub etdi (1:0).
Bu Shotlandiyaning 1982 yili Ispaniyada o‘tgan turnirdagi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yindan (5:2) keyin, jahon chempionatlarining ilk uchrashuvida qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasidir.
Shotlandiya 1998 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ungacha jamoa saralash bosqichlaridan o‘ta olmayotgan edi.













