Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Angliya Premyer-ligasi grandlari Sandro Tonalini nishonga oldi

Angliya Premyer-ligasi grandlari Sandro Tonalini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini yanada yuqori darajada davom ettirishi mumkin. Mashhur insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli tayanch yarim himoyachisiga «Manchester Siti» va «Arsenal» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» o‘z yetakchisi uchun 100 million yevro talab qilmoqda. O‘tgan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Sandro Tonalining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 14:59, 14.06.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик