Niderlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Yaponiya bilan durang o‘ynadi (2:2).
Jamoaning Jahon chempionatlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi (penaltilar seriyasi hisobga olinmagan holda) 13 ta o‘yinga yetdi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu ushbu terma jamoaning mazkur turnirdagi eng uzun seriyasidir (kamida 1965/1966 yilgi mavsumdan beri).
Niderlandiya terma jamoasi oxirgi marta 2010 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtlarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
20 iyun kuni Niderlandiya Shvesiyaga qarshi maydonga tushadi.













