Niderlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Yaponiya bilan durang o‘ynadi (2:2).
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmatining xabar berishicha, Niderlandiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati uchrashuviga tarkibida mahalliy chempionatning birorta ham vakili bo‘lmagan boshlang‘ich tarkibni maydonga tushirdi.
Niderlandiyaliklarning gollariga Virgil van Deyk («Liverpul») va Krisensio Sammervill («Vest Xem») mualliflik qilishdi, ularga Rayan Gravenberx («Liverpul») assistentlik qildi.













