Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Fayzullayev JCHdagi debyut oldidan Kannavaro bergan maslahatlar haqida gapirdi

Fayzullayev JCHdagi debyut oldidan Kannavaro bergan maslahatlar haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev «SE» nashriga bergan intervyusida bosh murabbiy Fabio Kannavaro JCH-2026 yilgi debyut oldidan jamoaga qanday maslahatlar berganini aytib o‘tdi.

— Sizni hayotingizdagi ilk Jahon chempionati starti bilan tabriklayman. Hozir ko‘nglingizdan nimalar o‘tyapti?

— Juda xursandman va hayajonlanyapman. Bolaligimdan buni orzu qilgandim — mana, endi debyutga bir qadam qoldi. Mening yodimda qolgan ilk Jahon chempionati 2010 yili Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgandi. E’tiborlisi, o‘shanda ochilish uchrashuvini — xuddi hozirgidek Meksika va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni o‘zimizning o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqargan edi. O‘shanda men olti yoshda edim. Dadam bilan buni qanday tomosha qilganimiz va vatandoshimiz shunday katta bayramning bir qismi bo‘lganidan xursand bo‘lganimiz esimda. O‘sha paytdan boshlab Jahon chempionatiga borishni va u yerda o‘ynashni orzu qilardim.

— Ermatov hozir — o‘zbek futbolining rahbarlaridan biri. U o‘zi ishlagan Jahon chempionatlari haqida biror narsa so‘zlab berdimi?

— U Jahon chempionati biz ko‘rgan narsalarga qaraganda butunlay boshqacha his-tuyg‘ular darajasi ekanini aytdi. U yerga yo‘l olish oson bo‘lmadi, lekin biz buni uddaladik va butun xalqimizning orzusini amalga oshirdik. Tariximizda ilk bor final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldik va aynan biz buni uddalaganimizdan faxrlanamiz.

— Bosh murabbiy Fabio Kannavaro sizlarni tinchlantiryaptimi? Axir u o‘z vaqtida Italiya terma jamoasi bilan g‘olib chiqqan JCH-2006 ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shu boisdan ham uning so‘zlari siz uchun katta vaznga ega bo‘lishi kerak.

— Albatta, u biz bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashmoqda. Va ustimizdagi bosimni olib tashlayapti. U bosimni o‘z zimmasiga olmoqda va bizga, eng avvalo, bu kunlardan zavqlanishimiz kerakligini aytyapti, chunki biz birinchi Jahon chempionatimizga keldik. Va shunchaki o‘ynash kerak, chunki bizda yo‘qotadigan narsa yo‘q. Balki bu bizga bir oz ustunlik ham berar. Bizning eng bosh motivasiyamiz — xalqimiz biz bilan faxrlanishidir.

Albatta, biz eng qiyin guruhlardan biriga (Portugaliya, Kolumbiya, Kongo DR) tushganmiz. Kolumbiya va Portugaliya kabi terma jamoalarga qarshi o‘ynashimiz ma’lum ma’noda yaxshi ham. Lekin Kongo DRni ham kuchsiz deb aytmagan bo‘lardim, chunki afrikalik futbolchilar jismonan juda baquvvat va har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsata olishadi. Menimcha, barcha o‘yinlar juda qiyin kechadi. Nafaqat biz uchun, balki ular uchun ham, chunki ular hali bizni bilishmaydi va biz ularga syurpriz taqdim etishimiz mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 dagi ilk o‘yinini payshanbaga o‘tar kechasi, 18 iyun kuni o‘tkazadi. Jamoa Kolumbiya bilan to‘qnash keladi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:44, 15.06.2026.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик