Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Roma» Koneni «Arsenal»ga qo‘yib yubormoqchi emas

«Roma» Koneni «Arsenal»ga qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi boshqa Yevropa grandlari tomonidan bo‘layotgan jiddiy qiziqishlarga qaramay, yarim himoyachi Manu Koneni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Avvalroq, Londonning «Arsenal» klubi «Roma»dan 25 yoshli futbolchi bo‘yicha ma’lumot so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, manbaning ta’kidlashicha, Konega nafaqat «Arsenal», balki Milanning «Inter» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, rimliklar joriy yozgi transfer oynasida futbolchini qo‘yib yuborish ishtiyoqida emaslar.

Yakunlangan mavsumda Kone barcha musobaqalarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:03, 15.06.2026.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик