Sobiq argentinalik futbolchi Ezekyel Lavessi o‘z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Lionel Messi haqida fikr bildirdi. O‘tmishda «Napoli» va «PSJ» kabi klublarda to‘p tepgan Lavessining hisoblashicha, argentinalik futbolchi g‘alabaga bo‘lgan to‘ymas ishtiyoqni his qilmoqda.
«Menimcha, u o‘zi ishtirok etadigan hamma narsada g‘alaba qozonishni istaydi. U shunday xarakter egasi, aynan shuning uchun ham unda shunchalik ko‘p «Oltin to‘p» bor va uni bejiz tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashmaydi — bu tengsiz barqarorlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ehtirosdir», — deya Lavessining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.













