Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Runi JCH-2026 uchrashuvidagi dubldan so‘ng Mbappe haqida fikr bildirdi

Runi JCH-2026 uchrashuvidagi dubldan so‘ng Mbappe haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe Senegalga qarshi jahon chempionati o‘yinida dubl qayd etdi. Fransiya terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘tmishning mashhur futbolchisi Ueyn Runi fransuzlar sardori haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mbappe — haqiqiy superyulduz. Men tanaffusda ham aytgandim, hujumchi sifatida sening omading kelgan, chunki xuddi u kabi birinchi bo‘limdagi omadsiz 45 daqiqani o‘tkazib, keyin maydonga tushib, ikkinchi bo‘limni bunday darajada o‘tkazishing mumkin. U shunchaki aql bovar qilmas futbolchi. Ushbu turnir davomida u jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishiga hech qanday shak-shubha yo‘q», — dedi Runi BBC One efirida.

Kilian Mbappe jahon chempionatlarida 14 ta gol urdi. Rekord esa Miroslav Klozega tegishli — germaniyalik hujumchi mundiallarda 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Kiritildi: 03:22, 17.06.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик