Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

«Real» va «Manchester Siti»ga Nmechaning narxi ma’lum qilindi

«Real» va «Manchester Siti»ga Nmechaning narxi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -1

Dortmundning «Borussiya» klubiga tegishli bo‘lgan 25 yoshli yarim himoyachi Feliks Nmecha Yevropaning yetakchi klublari qiziqishlar doirasiga tushib qolgan.

BILD nashriga ma’lum bo‘lishicha, Yevropaning yirik klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar fonida «Borussiya» Nmecha uchun transfer bahosini belgiladi. Klub Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini 120 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Bunday katta moliyaviy talab «asalarilar»ning ushbu yozda futbolchini sotishni istamayotgani bilan bog‘liq.

Germaniyalik yarim himoyachi «Real», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi grandlarning e’tiborini tortmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Nmecha barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:04, 17.06.2026.
O'qildi: 1936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик