Ijtimoiy tarmoqlarda Tunis milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Erve Renarning kiyinish xonasida o‘z shogirdlariga aytgan ilk ta’sirli so‘zlari aks etgan videorolik keng ommalashmoqda.
«Agar hozir vataningizga qaytsangiz, nima bo‘lishini bilasizmi? Hammaning g‘azabi qaynagan. U yerda Vatan, Millat turibdi! Bu — Jahon chempionati! Biz ishlashimiz kerak, yigitlar! Barchamiz birgalikda!
Eng kuchlilar — hammadan ko‘p yuguradiganlar emas, balki yiqilganda hammadan tez oyoqqa turadiganlardir. Hisobni unutish, fikrlashni o‘zgartirish va to‘g‘ri reaksiya ko‘rsatish lozim. Odamlarimiz bu yerda, stadionlarda sizni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha mablag‘ sarflashganini bilasizmi? Butun mamlakat sizni kuzatmoqda.
Men bu yerga o‘zim xohlagan narsani qilish uchun kelganim yo‘q, men bu yerga jamoaga nima zarur bo‘lsa, o‘shani bajarish uchun kelganman», — dedi Renar.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni, 15 iyun kuni Sabri Lyamushi Jahon chempionati-2026 1-turida Shvesiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (1:5) so‘ng Tunis terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi. Afrika jamoasini guruhda hali Yaponiya (21 iyun) va Niderlandiya (26 iyun) terma jamoalariga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi.
57 yoshli mutaxassis Erve Renar Tunis terma jamoasini JCH-2026 yakuniga qadar boshqarish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi.













