Angliya milliy terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xorvatiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (4:2).
Shu tariqa, inglizlar so‘nggi 22 yil ichida ilk bor Jahon chempionati o‘tkazilayotgan vaqtda FIFA reytingining dastlabki 15 taligidan joy olgan raqibni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. Xorvatlar ayni paytdagi reytingda 11-o‘rinni band etib turishibdi.
Bundan avval, 2002 yilgi mundialning guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Devid Bekxemning penaltidan urgan goli evaziga Argentinani mag‘lub etgan edi (1:0). O‘sha paytda argentinaliklar FIFA reytingida 3-o‘rinni egallab turgan edilar.
Ushbu ikki g‘alaba oralig‘idagi davrda inglizlar Jahon chempionatlari doirasida top-15 reytingiga kiruvchi terma jamoalarga qarshi 9 bor maydonga tushib, ularning 2 tasida durang o‘ynashgan va 7 ta uchrashuvda imkoniyatni boy berishgan.













