Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Moliyaviy feyr-pleyni buzgan «Marsel» va «Roma» UYEFA tomonidan qattiq jazolandi

Moliyaviy feyr-pleyni buzgan «Marsel» va «Roma» UYEFA tomonidan qattiq jazolandi

Baho:
+ | -

UYEFA «Roma» va «Marsel» klublarini jarimaga tortdi.

Klublarni moliyaviy nazorat qilish organi mazkur jamoalar tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bilan bog‘liq ravishda tuzilgan kelishuv shartlari qanday bajarilayotganini baholab chiqdi.

Fransiya klubi 2025/26 yilgi mavsumda talab etilgan daromad darajasiga erisha olmadi, shu sababli unga nisbatan quyidagi sanksiyalar qo‘llanildi:

  1. Agar klub 2026/27 yilgi mavsumda futbol faoliyatidan olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erisha olmasa, yaqin uch mavsum ichida yo‘llanma qo‘lga kiritadigan ilk yevrokubok turniridan chetlashtiriladi;

  2. Klubning 2026/27 yilgi mavsumdagi yevrokubok musobaqalari uchun yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qaydnomaga kiritish) imkoniyati cheklanadi;

  3. 6 million yevro miqdorida jarima undiriladi.

Bundan tashqari, jamoa tarkibini saqlab turish xarajatlari umumiy daromadning 70 foizidan oshib ketgani sababli, UYEFA «Marsel» klubini yana qo‘shimcha 4 million yevro jarimaga tortdi.

«Roma» klubi ham oraliq maqsadli ko‘rsatkichga erisha olmadi va 2 million yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan 70 foizlik cheklovdan o‘tib ketgani uchun rimliklarga yana 4 million yevro qo‘shimcha jarima solindi.

«Milan», «Monako», «Beshiktosh», «Inter», «PSJ», «Antverpen» va «Trabzonspor» klublari esa kelishuv talablarini to‘liq bajarishdi va shu sababli ulardan cheklovlar olib tashlandi.

Kiritildi: 11:02, 18.06.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик