AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoadagi raqobatning muhimligi haqida gapirdi.
«Men ilgari bo‘lgan voqealarni tanqid qilmoqchi emasman va bu to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lgan demoqchi ham emasman — muammolarni hal qilishning turli yo‘llari bor, biroq biz komfort zonasida yashab kelgan futbolchilar guruhini ko‘rdik. Ba’zilar natijalardan qat’i nazar, terma jamoadan joylari kafolatlangan deb hisoblashgan. Yuqori raqobat sharoitida ishlaydigan biz kabi insonlar uchun bu adolatdan emas. Chunki sizning rivojlanishingiz o‘zingizga qo‘yadigan talablaringizga va atrofingizdagi raqobat muhitiga bog‘liq.
Agar raqobat bo‘lmasa, agar siz nima bo‘lishidan qat’i nazar eng zo‘riman va baribir o‘ynayman, meni baribir Jahon chempionati qaydnomasiga kiritishadi deb ishonsangiz, rivojlanish juda qiyin bo‘ladi. Yakunda futbol — bu doimiy rivojlanish va o‘sish demakdir.
Bizning vazifamiz raqobatni oshirish, ayniqsa, hozir jamoamizda bo‘lgan o‘yinchilar kabi futbolchilarni jalb qilishdan iborat edi. Biz ularni taklif qildik va motivasiyasi, ambisiyasi hamda o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqi baland bo‘lgan bu futbolchilar, ehtimol, o‘zlarini haddan tashqari qulay his qilganlar uchun xavfga aylanishdi. O‘ylaymanki, bu futbolimizga foyda keltirdi», — dedi Pochettino.













