Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Pochettino Avstraliya terma jamoasidan kutilayotgan xavfni baholadi

Pochettino Avstraliya terma jamoasidan kutilayotgan xavfni baholadi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bu juda tajovuzkor va yaxshi tashkil etilgan jamoa. Turkiya uchun ularga qarshi vaziyatlar yaratish o‘ta qiyin bo‘ldi. Avstraliyaliklar to‘pni qaytarib olishlari bilan zudlik bilan hujumga o‘tishadi. Ularning hujum chizig‘ida juda tezkor futbolchilar bor», — deya ta’kidladi Pochettino.

Murabbiy, shuningdek, Avstraliya terma jamoasi ustozi Toni Popovichning ishini ham yuqori baholadi.

«Men uchun eng muhimi — ularning mentaliteti. Menga murabbiyning ishi yoqadi, u bilan gaplashdim ham. U o‘z qilayotgan ishiga to‘liq ishonadigan jamoa shakllantira olgan. Bunday raqiblarga qarshi o‘ynash doimo qiyin», — dedi Pochettino.

Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba Amerika terma jamoasiga Jahon chempionatining pley-off bosqichi yo‘llanmasini muddatidan oldin kafolatlaydi.

Kiritildi: 15:54, 19.06.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик