Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Joze Mourinyo “Real” himoyasini “Manchester Siti” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Joze Mourinyo “Real” himoyasini “Manchester Siti” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish yo‘lida “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Ruben Diash variantini “qirollik klubi” rahbariyatiga taklif qilgan.

AS nashri xabariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” portugaliyalik futbolchini transfer qilish variantini Ibrohim Konateni sotib olishdan oldin ham ko‘rib chiqqan edi. Biroq, manbaning ta’kidlashicha, Diashning Ispaniya grandiga o‘tishi deyarli imkonsiz ish. Bunga sabab shuki, “shaharliklar” o‘z yetakchisini sotishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ruben Diash barcha turnirlar doirasida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 29 yoshli himoyachining hozirgi bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:11, 19.06.2026.
O'qildi: 5400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик