Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi debyut uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, jamoa guruh bosqichining 1-turida Kolumbiya bilan to‘qnash kelib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
"Debyut muvaffaqiyatli chiqmadi. Birinchi bo‘limda jamoa kishanlangandek, hayajonda va qo‘rquv ostida ko‘rindi. Ikkinchi bo‘limda esa birmuncha ochilishdi va oldinga intilishdi", — dedi Denisov.
Navbatdagi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Portugallar bundan oldingi o‘z uchrashuvlarida DR Kongoni mag‘lub eta olishmagan edi (1:1).













