Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius jahon chempionatidagi gollar soni bo‘yicha Ronaldinyoni ortda qoldirdi

Vinisius jahon chempionatidagi gollar soni bo‘yicha Ronaldinyoni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Vinisius Junior jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safinda yana gol urdi. Bu safar madridning «Real» klubi vingeri Gaiti terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, ikkinchi tur uchrashuvining birinchi bo‘limi yakunida hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, 25 yoshli yulduzning mundiallardagi gollari soni (uchta) afsonaviy Ronaldinyo o‘zining butun faoliyati davomida urgan gollardan (ikkita) ko‘proqni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius birinchi turda Marokash bilan kechgan bahsda ham (1:1) gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Futbolchining «pentakampeonlar» safida terma jamoalarning bosh turniridagi debyut goli esa 2022 yilda, Janubiy Koreyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida sodir bo‘lgan edi.

Ronaldinyo Braziliya terma jamoasida 1999 yildan 2013 yilgacha to‘p tepgan. 2002 yilda u jamoa bilan birgalikda beshinchi va hozircha so‘nggi jahon kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 07:02, 20.06.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик