Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Karlo Anchelotti: «Braziliya barcha jamoalar bilan raqobatlasha olishiga ishonamiz»

Karlo Anchelotti: «Braziliya barcha jamoalar bilan raqobatlasha olishiga ishonamiz»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 2-turida Gaiti ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mukammal o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik, hujumda samaraliroq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni ko‘proq nazorat qildik. Shunga qaramay, bizda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Bu yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Biz Duglas Santosni qanotda qoldirib, Vinisiusni markazga qo‘ydik va u bu vazifani a’lo darajada uddaladi. Vini nafaqat yakkama-yakka vaziyatlarda xavfli. Yarim himoya chuqurligidan uyushtiriladigan hujum ham xavfli bo‘lishi mumkin. U pozisiyalarini o‘zgartirishi, boshqa futbolchilar esa unga moslashishlari mumkin. O‘ng qanotni esa Rafinya va Rayan bilan barqaror deb hisoblaymiz, chunki Daniloning biroz orqaroqda o‘ynashini xohlaymiz.

Biz pley-off haqida emas, balki yaxshi o‘yin ko‘rsatish, Shotlandiyaga qarshi bahsda o‘yinimizni kuchaytirish, g‘alaba qozonish va iloji bo‘lsa, guruhda birinchi o‘rinni egallash haqida o‘ylayapmiz. Shotlandiyaning o‘ziga xos xususiyatlari bor va ular Marokashga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi muammolar tug‘dirishi mumkin. Xotirjamlikni, sovuqqonlikni saqlash va ishlashda davom etish muhim.

Barcha o‘yinlar qiyin o‘tadi. Biz Braziliya futbol federasiyasida barcha jamoalar bilan raqobatlasha olishimizga ishonamiz. Shu jumladan, Gaiti va Fransiya bilan ham», – dedi Karlo Anchelotti.

Kiritildi: 09:13, 20.06.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик