Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Ispaniyalik yarim himoyachi «Real»ni tark etishga qaror qildi

Ispaniyalik yarim himoyachi «Real»ni tark etishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Dani Sebalyos yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli Madridning «Real» klubini tark etmoqchi. Bu haqda insayder Rodra o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, tomonlar ayni paytda mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Yarim himoyachining o‘zi boshqa jamoaga o‘tish yo‘lida amaldagi shartnomasining so‘nggi yili uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan maoshidan voz kechishga tayyor. Sebalyosning yangi ish joyi Sevilyaning «Betis» klubi bo‘lishi kutilmoqda.

29 yoshli futbolchi 2017 yilning yozidan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer bahosini 7 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 13:14, 20.06.2026.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик