Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

«Inter» «Real» qiziqayotgan Bastoni uchun transfer narxini belgiladi

«Inter» «Real» qiziqayotgan Bastoni uchun transfer narxini belgiladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi rahbariyati markaziy himoyachi Alessandro Bastonining transfer qiymatini e’lon qildi.

«Neradzurri»lar 27 yoshli futbolchisini qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, biroq buning uchun potensial xaridor kamida 70 million yevro to‘lashi shart. Bu haqda AS nashriga tayangan holda Transfer News Live xabar tarqatdi. Italiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu futbolchining iqtidori va himoyadagi mahoratini juda yuqori baholamoqda.

«Inter» rahbariyati bo‘lajak xaridorlarga hech qanday yon bosmasligini va narxni tushirmasligini aniq tushuntirib qo‘ygan. Bundan tashqari, matbuotda Milan grandi o‘z yulduzi bilan amaldagi shartnomani uzaytirib, unga uzoq muddatli yangi bitim taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida ham xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Kiritildi: 10:37, 21.06.2026.
O'qildi: 2706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик