Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Beyl Mourinyoning nima uchun «Real»da muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini tushuntirdi

Beyl Mourinyoning nima uchun «Real»da muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Garet Beyl Joze Mourinyoning «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi sifatidagi istiqbollarini baholadi. Uelslik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda «Tottenxem»da portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan.

«U futbolchilarni faqatgina bor kuchlarini ishga solishlari uchun ruhlantira oladi. Joze har bir o‘yinchini tushunishga va ularni ishlashga majbur qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga harakat qiladi. Ba’zan bu OAVdagi bayonot orqali, ba’zan esa shunchaki yelkaga do‘stona urib qo‘yish bilan amalga oshishi mumkin.

Joze «Real»da ishlagan, u yerdagi dinamikani tushunadi va hamma narsa qanday tuzilganini biladi. U natijaga erishishga yordam beradigan reja ishlab chiqadi», — deya Beylning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Kiritildi: 16:21, 21.06.2026.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик