Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Atletiko» Li Kan-In bo‘yicha «PSJ»dan javob oldi

«Atletiko» Li Kan-In bo‘yicha «PSJ»dan javob oldi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» «Atletiko»dan yarim himoyachi Li Kan-Inning transferi bo‘yicha taklif oldi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.

Avvalroq «matraschilar» janubiy koreyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Manbaga ko‘ra, «Atletiko» Fransiya chempioniga Kan-In uchun 25 million yevro taklif qilgan. Biroq bu variant klubni qoniqtirmaydi. Xabar berilganidek, «PSJ» o‘z futbolchisi uchun kamida 35 million yevro ishlab olmoqchi.

O‘tgan mavsumda Kan-In «PSJ» safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va sheriklariga besh marta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 17:43, 21.06.2026.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик