«Napoli» «Zenit» vingeri Luis Enrikega qiziqish bildirmoqda. SportMediaset ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik klub hujum qanotlarini kuchaytirish variantlarini izlamoqda va allaqachon 24 yoshli braziliyalik futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan.
«Zenit» futbolchi uchun 40 million yevro olmoqchi. Klubga zarar ko‘rmaslik uchun ushbu summa kerak: avvalroq klub braziliyalik futbolchi uchun 35 million yevro to‘lagan edi.
«Napoli»da narxni oshirib yuborilgan deb hisoblashadi, ammo muzokaralarni boshlab, transfer summasini kamaytirishga urinib ko‘rmoqchilar.
Hozirda Luis Enrike Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi safida JCH-2026 da ishtirok etmoqda.













