Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Yamal jahon chempionatlari tarixidagi noyob natijaga erishdi

Yamal jahon chempionatlari tarixidagi noyob natijaga erishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal jahon chempionatlari tarixida 19 yoshga to‘lmasidan turib o‘yinda hisobni ochgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

18 yoshli forvard JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda gol urdi va tarixiy natijani qayd etdi.

Bu boradagi rekord hali ham Pelega tegishli. Afsonaviy braziliyalik 1958 yilgi mundialda Uels darvozasini ishg‘ol qilib, 17 yoshida mazkur ko‘rsatkichga erishgan edi.

Saudiya Arabistoniga qarshi bahs Yamal uchun jahon chempionatlaridagi ilk start uchrashuvi bo‘ldi. U avvalgi turda Kabo-Verdega qarshi o‘yinda (0:0) ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan edi.

Lamin Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yil aprelidan buyon asosiy jamoa safida to‘p surib kelmoqda. Yamal klub bilan birga Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa 27 ta uchrashuvda 7 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 22:37, 21.06.2026.
O'qildi: 6158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик