Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi ikkinchi turida Eron terma jamoasi Belgiya milliy jamoasi bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ushbu natija haqida Eron jamoasi darvozaboni Alireza Beyranvand fikr bildirdi.
«Eron xalqini va stadionda bizni qo‘llab-quvvatlagan har bir muxlisni bunday o‘yin bilan tabriklamoqchiman. Bu oson bahs bo‘lmadi. Belgiya terma jamoasi — eng kuchli futbol terma jamoalaridan biri. Biz bu jamoani hurmat qilamiz», — deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Ta’kidlash joizki, darvozabon o‘tgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Eron terma jamoasi Yangi Zelandiya bilan to‘qnash keladi.













