Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Mbappe: «Murabbiylik haqida hozircha o‘ylamayapman»

Mbappe: «Murabbiylik haqida hozircha o‘ylamayapman»

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappedan kelajakda murabbiy bo‘lish haqida o‘ylayotgani yoki yo‘qligi so‘raldi. U murabbiylik faoliyatining ayrim jihatlari o‘ziga yoqishini, biroq hozircha bu ish bilan shug‘ullanishga tayyor emasligini ma’lum qildi.

«Men futbol murabbiyi bo‘lish istiqbollari haqida o‘ylayotganim yo‘q, lekin futbolni juda yaxshi ko‘raman. Va meni futboldagi barcha, hatto eng mayda detallar ham qiziqtiradi», — deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it portali.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yildan buyon Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Fransiya klublarida — dastlab «Monako»da, keyinchalik esa 2017 yildan 2024 yilgacha «PSJ» tarkibida to‘p surgan. Ayni damda u Fransiya terma jamoasi safida Jahon chempionati bahslarida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 19:50, 22.06.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик