Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Neymar jarohatdan tiklandi va Shotlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

Neymar jarohatdan tiklandi va Shotlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohatidan to‘liq tiklanib, umumiy guruh mashg‘ulotlarida birinchi marta to‘liq ishtirok etdi.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, tajribali futbolchi o‘ng oyog‘ining boldir mushagidan olgan jarohati sabab 2026 yilgi jahon chempionatining dastlabki ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi. Ushbu jarohatni Neymar 17 may kuni «Santos» safidagi bahsda olgan.

Manbaning xabar berishicha, Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblangan Neymar 25 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushishga tayyor. Hozirga qadar u milliy jamoa safida 128 ta o‘yinda qatnashib, 79 ta gol urgan.

Neymarning qaytishi Karlo Anchelotti shogirdlari uchun ayni muddao bo‘lmoqda. Chunki jamoaning yana bir yetakchisi Rafinya sonning orqa qismi mushagidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqan.

Ayni paytda Braziliya terma jamoasi 4 ochko bilan "C" guruhida peshqadamlardan biri bo‘lib turibdi. Jamoa Marokash bilan bir xil ochko jamg‘argan, ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra yuqoriroq o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:29, 22.06.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик