Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Ibrahimovich Leau O‘zbekistonga urgan goli haqida gapirdi

Ibrahimovich Leau O‘zbekistonga urgan goli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasini 5:0 hisobida tor-mor etdi, "Milan" hujumchisi Rafael Leau esa gol urishga muvaffaq bo‘ldi — u o‘z klubida anchadan beri bunday qila olmayotgan edi. Uning bu muvaffaqiyatini "Milan" rahbarlaridan biri, o‘tmishda Leauning jamoadoshi bo‘lgan Zlatan Ibrahimovich sharhladi.

"Men Leau va uning goli uchun xursandman. U shunday o‘ynagan vaqtida, mening fikrimcha, dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biriga aylanadi. Muvaffaqiyatlar o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun juda zarur", — deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Leau 2019 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. U ushbu klub bilan birgalikda 2022 yilda, jamoani Stefano Pioli boshqargan vaqtda Italiya chempioniga aylangan edi.

Kiritildi: 08:47, 26.06.2026.
O'qildi: 12056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик