Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Ter Shtegen «Barselona»ni tark etishga yaqin turibdi

Ter Shtegen «Barselona»ni tark etishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -1

«Barselona» golkiperi Mark-Andre ter Shtegen yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 34 yoshli futbolchi Amsterdamning «Ayaks» klubiga o‘tishga bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Xuan Ximenes Salvado. Bu o‘rinda gap bo‘lajak mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan ijara shartnomasi haqida bormoqda.

Mark-Andre ter Shtegen o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Jirona»da o‘tkazgan edi, biroq u yerga o‘tganidan ko‘p o‘tmay jiddiy jarohat olgani sababli deyarli maydonga tushmadi. «Barselona»da sobiq sardorga anchadan beri ishonch bildirilmayapti — uning ketishi deyarli hal bo‘lib ulgurgan edi. Darvozabonning Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi tugashiga hali ikki yil bor.

Kiritildi: 12:34, 26.06.2026.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик