Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

«Yuventus» Kolo-Muani bilan shartnomani kelishib oldi

«Yuventus» Kolo-Muani bilan shartnomani kelishib oldi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muanining «Yuventus»ga bo‘lishi mumkin bo‘lgan transferi tafsilotlari haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Tuttosport» nashrining ta’kidlashicha, Italiya grandi 27 yoshli fransiyalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini kelishib olgan. Aytilishicha, transfer amalga oshgan taqdirda Kolo-Muani yiliga besh million yevro maosh va bonuslar ko‘zda tutilgan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuventus» va «PSJ» o‘rtasidagi kelishuv ham uzoqda emas. Parijliklik hamon 40 million yevro talab qilishda davom etmoqda, turinliklar esa faqat 35 million taklif qilmoqda. Shunga qaramay, «Yuventus» optimizmni saqlab qolmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Kolo-Muani ijara asosida «Tottenxem»da to‘p surdi. Jamoa libosida u 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:22, 26.06.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик