Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Dalich Xorvatiyaning Gana ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Dalich Xorvatiyaning Gana ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Xorvatiya terma jamoasi Gana milliy terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija haqida «shaxmatchilar» ustozi Zlatko Dalich o‘z fikrini bildirdi.

«Yaxshi raqibga qarshi kechgan qiyin o‘yin va ajoyib g‘alaba. Biz taktikamizni o‘zgartirdik va bu juda yaxshi samara berdi. Ko‘p yillar davomida foydalangan avvalgi sxemamizga qaytishga qaror qilgandik. Jamoa o‘z vazifasini bajardi, biz pley-offga yo‘l oldik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz», — deya bosh murabbiyning so‘zlarini Index.hr nashri keltirmoqda.

Mundialning 1/16 finali doirasida Xorvatiya terma jamoasi Portugaliya bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 13:33, 28.06.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик