Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojersni yozgi transfer oynasi uchun ustuvor maqsad etib belgiladi. Bu haqda jurnalist Sebastyen Vidal xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, «Aston Villa» 23 yoshli futbolchini 116 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Avvalroq yarim himoyachining o‘zi ham «Arsenal»ga ko‘chib o‘tishni juda xohlayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan mavsumda Rojers barcha musobaqalarda jami 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol qildi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ayni paytda Rojers Angliya terma jamoasi tarkibida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Uning hisobida hozircha uchta o‘yin bor.













