Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

JCH-2026. Kanada oxirgi daqiqalarda JARni mag‘lub etib, 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi

JCH-2026. Kanada oxirgi daqiqalarda JARni mag‘lub etib, 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -2

AQSHning Inglvud shahridagi “SoFi” stadionida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati pley-off (1/16 final) bosqichining dastlabki uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Kanada milliy terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda Shimoliy Amerika vakillarining qo‘li baland keldi — 1:0. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanayotgan bir pallada, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda (90+2-daqiqa) Stiven Eushtakiu o‘zining aniq zarbasi bilan Kanada terma jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylandi.

Ushbu muhim g‘alabadan so‘ng Kanada terma jamoasi musobaqaning 1/8 finaliga (nimchorak final) yo‘l oldi. Endi ular ushbu bosqichda Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionati
1/16 final bosqichi
JAR — Kanada 0:1
Gol: 0:1 — Stiven (90+2)

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial finalida argentinaliklar Fransiya terma jamoasi bilan asosiy va qo‘shimcha taymlarda 3:3 hisobida durang o‘ynab, yakunda penaltilar seriyasida (4:2) zafar quchgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 02:40, 29.06.2026.
O'qildi: 2615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик